Toshkentdagi Vestminster universitetini 320 nafar bakalavr bitirib chiqdi

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetini 13 yil mobaynida 1300 dan oshiq kishi bitirib chiqdi, deb yozmoqda Gazeta.uz.
9 oktyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida bitiruvchilarni qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi «Turkiston-press» NAA. Marosim ingliz OTM an’analari ruhida bo‘lib o‘tdi.
Har bir 320 nafar bakalavriat bitiruvchisi hayotida o‘qishni bitirgani sharafiga bosh kiyimlarni osmonga otish tasvirlangan fotosurat eng shirin xotira bo‘lib qolsa ajab emas.
Har yili bitiruvchilarni qutlash marosimiga Londondagi bosh OTM delegasiyasi mehmon bo‘lib keladi. Bu safar delegasiyaga Vestminster universitetining global rivojlanish bo‘yicha prorektori Aleksandra Hyus rahbarlik qildi.

Marosim boshdan-oyoq an’analar bilan yo‘g‘rildi. Har bir bitiruvchining ismi birma-bir o‘qildi, so‘ngra ular Toshkentdagi Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimov va Aleksandra Hyus qo‘l siqib tabriklagandan so‘ng ikkovining o‘rtasida turib suratga tushishdi.
Bitiruvchilar soni ko‘p bo‘lgani uchun marosim ikki bosqichda o‘tkazildi va to‘rtta: iqtisodiyot, biznesni boshqarish, biznesda axborot tizimlari va tijorat huquqi fakultetini muvaffaqiyatli bitirgan bakalavrlar qutlandi.
Xalqaro biznes va menejment (MA in International Business and Management) va pedagoglar uchun maxsus dastur (PG Cert of Special Study in Learning and Teaching) singari magistrlik dasturlari bitiruvchilari ham marosim ishtirokchilari bo‘ldi.

«Universitet 2002 yili tashkil etilgan edi va bugun bu erda bitiruvchilarni qutlash marosimi 11-marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan 13 yildan oshiq vaqt mobaynida universitetni 1300 dan oshiq kishi bitirib chiqdi va ular ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyoti va boshqa sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda hamda boshqa mamlakatlarda mehnat qilmoqda», — deya ta’kidladi OTM rektori. ement) va pedagoglar uchun maxsus dastur (PG Cert of Special Study in Learning and Teaching) singari magistrlik dasturlari bitiruvchilari ham marosim ishtirokchilari bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing