2017 yilning 25 noyabr kuni soat 23:30 da, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida “Tozalash-antiterror” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, “JAGUAR”, “SHABNAM” va “DON” kafelaridan jami 45 nafar fuqarolar shaxsini aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilib tekshirildi.
Tekshiruv davomida, mazkur shaxslardan 16 nafari fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar ekanligi aniqlandi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi va IIBB Reablitatsiya Markaziga topshirildi.
Shuningdek, 5 nafar fuqarolar “JAGUAR” kafesi oldida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, o‘zaro janjallashib turganliklari aniqlandi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi