28-29 noyabr kunlari xalqaro ommaviy axborot vositalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida faoliyat olib borayotgan xodimlarga nisbatan akustik hujum uyushtirilgani haqidagi xabarlar tarqatildi.
Ushbu xabarlarda AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligining (USAID) Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlaridan biri va uning turmush o‘rtog‘i sentyabr oyida hujumga uchragani hamda AQShga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida qaytarilgani haqida aytilgan edi.
Ayrim nashrlarning xabarida O‘zbekistondagi xuruj Rossiya maxsus xizmatlarining ishi ekani gumon qilingani ta’kidlangan.
Ushbu xabarlar yuzasidan AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda amerikaliklarga akustik hujum qilinganini tasdiqlamasligi haqida ma’lum qildi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi xizmatchilari Kubadagi kabi akustik hujumga uchragani haqidagi xabarni inkor etilib, O‘zbekistonda Kubadagi singari hodisa ro‘y bergani tasdiqlanmasligini ma’lum qilishgan.
Ma’lumot uchun, USAID - Davlat departamenti bilan qalin hamkorlik qiladigan davlat tashkiloti bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib boradi.
Joriy yilning avgust oyida Kubadagi amerikalik diplomatlar akustik hujumlarga uchragani xabar qilingan edi. Buning natijasida ko‘plab diplomatik vakolatxona xodimlari zarar ko‘rgan. Jabrlanganlarda eshitish va ko‘rish qobiliyatini buzilishi, asab kasalliklari va uyqusizlik kelib chiqqani kuzatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi