Toshkent bozorlarida o‘g‘rilik qilgan xaridorlar qo‘lga olindi

O‘tgan haftada Toshkent shahri IIB tomonidan shahar hududidagi «Chilonzor buyum bozori» va «O‘rikzor» bozorlariga xaridor sifatida kelganlarning o‘g‘rilik sodir etish hodisasi qayd etildi. Bu haqida «Ogoh» gazetasi sahifalarida ma’lum qilingan, deb yozadi «Kun.uz».
1987 yilda Samarqandda tug‘ilgan Botir Maxsudov ism-sharifli fuqaro Toshkentga ishlash maqsadida kelgan edi. Ammo bozorlarni aylanib yurib, unda oson pul topish fikri tug‘ilib qoladi. Shu tariqa «Abu Saxiy» rastalari bo‘ylab, xaridor qiyofasida kezgan Botir Maxsudov do‘konlardan biriga etganida, qulay imkoniyatga duch keladi. Egasi qo‘shni do‘konlardan biriga kirib ketishini poylab turgan jinoyatchi, qarovsiz qolgan do‘kondan 1 mln so‘mlik 20 dona erkaklar jemferini olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Yana bir shunga o‘xshash hodisa esa, «O‘rikzor» bozorida sodir etilgan. 1961 yilda tug‘ilgan toshkentlik fuqaro Robiya Zoirova «O‘rikzor» kiyim bozorida sotuvchilarni chalg‘itib, latta-puttalar o‘g‘irlashni o‘ziga odat qilib olgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan har ikki fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilgan.
foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing