12:38 / 04.12.2017
34 725

Ganya Usmonova to‘yida milliarder Alisher Usmonov bilan raqsga tushdi (video)

Ganya Usmonova to‘yida milliarder Alisher Usmonov bilan raqsga tushdi (video)
O‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova turmushga chiqqani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Alisher Usmonovning akasi Bahodir Usmonovning qizi Ganya Usmonova tennischi Vaja Uzoqovga turmushga chiqdi. To‘y Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasining pavilonlaridan birida bo‘lib o‘tdi. Zamonaviy tarzda tashkil etilgan bazm marosimida Ganya Usmonova amakisi Alisher Usmonov bilan raqsga tushdi.
Shuningdek, milliy marosimlarimizdan bo‘lmish kelin salom ham shou tarzida tashkillashtirilgan. Kelin salom tadbiri Toshkentdagi “Zarqaynar” – Milliy liboslar galereyasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda aktrisa Saida Rametova kelin salom aytgan. Aktrisa Dilorom Egamberdiyeva va Usmonovlarning kelini Diyora Usmonova kelinga yordamchilik vazifasini bajarishgan. Kelin salom tadbirida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova ishtirok etishgan.
Quyidagi videoda marosim tafsilotlarini batafsil tomosha qilishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ganya Usmonova to‘yida milliarder Alisher Usmonov bilan raqsga tushdi (video)