9 014
Prezident: «O‘zbekistonning boyligi xalqimizning hozirgi yashash darajasiga hech to‘g‘ri kelmaydi»
7 dekabr kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar haqida yana bir bor gapirdi. Bayram nutqidan sitata Kun.uzda quyidagicha keltirilgan:
“Bir narsani bilinglar, qabul qilayotgan barcha masalalarimiz – bu tadbirkorlarga juda katta yo‘l ochib berish. Shu vaqtgacha tadbirkorlarni juda ko‘p o‘zimiz qiynadik, qonunlarimiz qiynadi, muhit qiynadi. Bizning ota-bobolarimizdan qolgan, umuman O‘zbekistonning boyligi xalqimizning hozirgi yashash darajasiga hech to‘g‘ri kelmaydi. Agar biz haqiqatdan O‘zbekistonda bo‘lgan boyliklarni hozirgi mana shu fanimizni rivojlantirib, farzandlarimizni tarbiya qilib, tadbirkorlarga yo‘l ochib berib, men bejiz aytmayapman, yana takrorlayman – tadbirkor bizni ertaga boqadi. Mana shuni hamma bilishi kerak, kattami-kichik, qanday lavozimda ekanidan qat’i nazar. Yana takror aytaman – tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga xiyonat. Yana o‘nta qaror, farmon qabul qilamiz, nimaga? “Ipak yo‘li” deb aytishadi, Samarqand, Buxorolarda bizning otalarimiz qanday-qanday tadbirkorlik bilan, qaysi yo‘llar bilan borib savdo-sotiq qilganini hamma biladiku. Hamma uni nima qilgan? Davlat qo‘llab-quvvatlagan, o‘sha yerda hukmdorlar qo‘llab-quvvatlab, tuyalar bergan, lashkarlarini bergan, hamma imkoniyatni yaratgan.
Bizda nima? Hamma bechora tadbirkorning oyog‘iga kishan. Nima uchun men buni kuyunib gapiryapman? Iqtisodiyotimizni barqaror qilishimiz, hozirgi qo‘ygan rejalarimiz, mana biz bu yil birinchi qadam qo‘ydik – konvertatsiya birinchi qadam. Endi juda ko‘p ishlar qilishimiz kerak. Xohlagan davlatdan xohlagan tadbirkor, mana nechta davlatga borib taklif qilinyapti, ertaga keladi ular. Ertaga aeroportda, kechirasiz, katta narsa o‘tirib: sen kimsan, deb o‘tirsa, qonunni bilmasa darrov samolyotga o‘tirib qaytib ketadi. Bu qanaqa davlat ekan, deydi. Nima uchun men o‘zim aeroportga boryapman? Nima uchun aeroportni rahbarlarini o‘zgartiryapman? Ostonadan boshlanadi hamma noinsoflik tadbirkorga, ostona ochiq bo‘lib, halol bo‘lsa, agarda tadbirkorlarga biz hammamiz ko‘mak bersak, natijamiz mutlaqo boshqa bo‘ladi. Bunga munosib ham tadbirkorlar bor, ham xalqimiz shunga moyil, bizning qonimizda bu narsa bor”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda