Toshkentda 7 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident yig‘ilish davomida O‘zbekistonda erkin konvertatsiya joriy etilishi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
«Konvertatsiya - orzu havas edi. Iqtisodni tushunganlar buning muhimligini biladi.
Atrofimdagilar, iqtisodchilar ham shoshilmaslikni so‘radi. Qancha kutish kerak dedim. 3 yil deyishdi. Odamlar 25 yil kutdi, yana kutishi kerakmidi?
Bu qiyin. Lekin aql bilan, vazminlik bilan hisob-qilsak, O‘zbekistonning imkoniyati ko‘p davlatlarda yo‘qligini ko‘ramiz.
Boshqa davlatlar bilan O‘zbekistonning boyligini taqqoslab bo‘lmaydi. Gazimiz bor, tillamiz bor, uranimiz bor, paxtamiz bor, meva-sabzavotimiz bor. Mehnatkash xalqimiz bor.
Biz konvertatsiya qilmay, yana 50 yil kutishimiz kerakmidi? Kutishga hech qanday haqqimiz yo‘q edi. Erkin konvertatsiyaga o‘tdik, mana hammasi yaxshi bo‘ldi», degan prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va 5 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilishi yo‘lga qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi