17:49 / 12.12.2017
8 556

Lola Karimova tanlov e’lon qildi: g‘olibga qimmatbaho sovg‘a beriladi

Lola Karimova tanlov e’lon qildi: g‘olibga qimmatbaho sovg‘a beriladi
Lola Karimova — Tillayeva Instagram shaxsiy sahifasida o‘ziga xos tanlov o‘tkazilishini ma’lum qildi. G‘olibga Apple iPhone X telefon apparati taqdim etiladi.

Tanlov shartiga ko‘ra, g‘olib bo‘lish uchun O‘zbekiston xalq amaliy san’atining qadimiy turlardan biri, matoga gul bosish hunari — chitgarlikka oid ikki savolga javob berish talab etiladi.

Birinchi savolga javobni Islom Karimov nomidagi Fond tashkil etgan, o‘zbek chitgarlik hunariga bag‘ishlangan «Yo‘qotilgan jannatni izlab…» nomli ko‘rgazmaga tashrif buyurib topish mumkin. Shu kunlarda Toshkent fotosuratlar uyida (Istiqbol ko‘chasi 4-uy) o‘tayotgan ko‘rgazma 20 dekabrga qadar davom etadi.

Ikkinchi savol bo‘yicha 90-yillar oxiri va 2000-yillar boshidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan marg‘ilonlik chitgar ustalar sulolasi haqida savolga javob berish zarur.
Javoblarni Instagram sahifasida izoh orqali qoldirish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova tanlov e’lon qildi: g‘olibga qimmatbaho sovg‘a beriladi