2018 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholashning yangi mezoni amalga tatbiq etiladi.
Bunda baholash ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchisi, rasmiy statistik hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Rasmiy statistik ma’lumotlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi sohasi, kommunal xo‘jaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari, huquq-tartibot sohasidagi ko‘rsatkichlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq shahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni yechish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Tizimdagi mezon-indikatorlarni baholash bo‘yicha maksimal ko‘rsatkich 100 ballni tashkil etadi.
Bunda rasmiy statistik ma’lumotlar bo‘yicha maksimal 80 ball, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha maksimal 20 ball bilan baholanadi.
Baholash natijalari o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari va davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklari uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarining qo‘llanilishida foydalanilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"