Argentinada davlat universitetlariga kirish imtihonlari bekor qilindi

1 daqiqa o'qish8K
Argentinada davlat universitetlariga kirish imtihonlari bekor qilindi
Argentinada davlat universitetlariga kirish imtihonlari bekor qilindi

Argentina Senati davlat universitetilariga kirish imtihonlari o‘tkazishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda Nacion gazetasiga asoslanib Kun.uz xabar qildi.

O‘rta ta’limni olgan barcha bitiruvchilar erkin va qarshiliklarsiz oliy ta’lim muassasalariga kira oladilar”, - demoqda qonun. Qabul qilingan islohotga ko‘ra, universitetlarga o‘qish uchun biror to‘lov olish ham taqiqlandi.

Bugungi kunga qadar Argentina davlat oliy ta’lim muassasalari bir qator fakultetlarda, masalan, tibbiyot sohasida kirish imtihonlarini o‘tkazish huquqiga ega edi.
Shu paytning o‘zida, universitetlarga o‘quvchilar OTM talabasi hisoblanishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan talablarni mustaqil ravishda o‘rnatishga ijozat berildi. Bundan avval shu kabi huquqqa 50 ming nafardan ziyod kishi tahsil oladigan universitetlar ega edi. Qolganlar uchun yagona talab: talaba bir yilda eng kamida bitta, ayrim holatlarda esa ikkita fandan imtihon topshirishi lozim edi.

Shuningdek, yangi qonun talabiga ko‘ra, mamlakat davlat universitetlarini moliyalashtirishni kamaytira olmaydi.
Islohotlar muxolifat va ayrim ekspertlar tomonidan bildirilgan tanqidlardan so‘ng o‘tkazildi. Parlamentda mazkur tashabbusga Argentina prezidentligiga nomzod Maurisio Makri rahbarlik qilayotgan “Respublika taklifi” konsenvatorlar partiyasi qarshi ovoz berdi.
Ayni paytda Argentinada 54ta davlat va 49ta xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?