10:22 / 22.12.2017
16 128

O‘zbekistonning “Bosh archa”si qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonning “Bosh archa”si qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi
Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram archalari poytaxtning 12 ta maydonida o‘rnatilishi belgilandi. Bayramning “Bosh archa”si va bosh sahna Labzak va Qodiriy ko‘chalarida joylashgan “Navro‘z” bog‘ida bunyod etildi. Hozirda mazkur maydonda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, archalar odatdagidek “Mustaqillik va ezgulik” maydoni, Algoritm dahasidagi “Roison Elektronics” korxonasi oldi maydoni, Shayxontohur tumanidagi “Xadra” maydoni, “Lokomotiv-Anxor” istirohat bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i, “Eko bog‘” old maydoni, Olmazor tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” va “Ashxobod” istirohat bog‘lari, Sergeli tumanidagi “Greenpark” bog‘i hamda Bektemir tumanidagi “Quyoshcha nuri” bog‘i hududlarida o‘rnatiladi.

Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2017 yilning 25 dekabridan 2018 yilning 8 yanvarigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimligi hamshaharlarimiz va poytaxt mehmonlariga yuksak bayram kayfiyatini tilagan holda, joylarda belgilangan tartibga rioya etishni so‘raydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning “Bosh archa”si qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi