22:34 / 22.12.2017
7 083

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rmoqda

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rmoqda
Bugun, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaga ketishga hozirlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi, deyiladi xabarda.

MDH a’zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rmoqda