10:35 / 29.12.2017
4 430

Poytaxtda 493 ta korrupsiyaga doir jinoyat qayd etildi

Poytaxtda 493 ta korrupsiyaga doir jinoyat qayd etildi
2017 yilning 11 oy 20 kunida Toshkent shahrida poraxo‘rlik, korrupsiya jinoyatiga doir 493 ta holat aniqlangan. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev matbuot brifingida shu haqda ma’lum qildi.

“Qalbaki pul tayyorlash, noqonuniy valyuta amaliyotlari ham korrupsiya doirasiga kiradi. 33 ta qalbaki kupyuralar yasash, 92 ta noqonuniy valyuta amaliyotlari qayd etilgan. Umumiy vaziyatga baho berilsa, yil yakuni bo‘yicha jinoyatchilik 12 foizga pasayishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, 51 ta jinoiy guruh qo‘lga olindi”, - dedi Doniyor Toshxo‘jayev.

U 2017 yil 5 sentyabr, ya’ni O‘zbekistonda rasman valyuta liberalizatsiyasi amalga oshirilganidan avval qora bozorda faoliyat yuritgan va qo‘lga olingan shaxslar taqdiriga ham oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zR JKda 177-modda, valyuta oldi-berdi va ayirboshlashni qonunga xilof ravishda amalga oshirish, degan me’yor mavjud. Shunga binoan valyutaga oid qonunbuzarliklarning barchasi ushbu modda doirasida ko‘rib chiqiladi va tavsiflanadi.

“1 dekabrdan boshlab miqdorlar o‘zgargani munosabati bilan jinoiy ish bilan bog‘liq amaliyot bekor qilinib, ma’muriy javobgarlikka qayta tavsiflanishi mumkin. Shundagina javobgar ma’muriy jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ammo, yengillashtirish, afv qilish bo‘yicha ichki ishlar idoralari tomonidan taqdimnoma kiritish kabi holatlar mavjud emas”, - deya masalaga izoh berdi Doniyor Toshxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, XPKning 25 dekabrda bo‘lib o‘tgan sessiyasida ishtirok etgan Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov iqtisodiy siyosatdagi xato tufayli tadbirkorlar va fuqarolar valyuta amaliyotlari borasida qonunbuzarliklar qilishga majbur bo‘lganlari tufayli huquqni muhofaza qiluvchi organlar ularga nisbatan qandaydir yengilliklar taqdim etayotgandir, degan mulohazani bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtda 493 ta korrupsiyaga doir jinoyat qayd etildi