O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi har kun “Qamchiq” dovonidagi noqulay sharoit, havo haroratining tushib ketishi, yo‘llarning muzlashi va tuman tushishi haqida aholini ogohlantirib kelmoqda.
Qolaversa, vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan “Qamchiq” dovonida FVV xodimlarining muntazam faoliyati tashkil etilgani, avtomobillarning harakatlanishiga sharoit yaratilayotganini xabar qilinmoqda. Kuni kecha 44 avtomobil qor uyumlari ostidan chiqarib olingani haqida ham xabar berilgan edi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmagan, guvohi bo‘lmagan xabarlarga ishonish mumkinmi? Vazirlikning hisobot o‘laroq bergan ma’lumotlarigachi?
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Xalq bilan muloqot” guruhiga joylashtirilgan video bizni ana shu savollarni berishga undadi.
Videoda FVVning qutqaruv guruhi xodimiga 3-4 kishining e’tiroz bildirayotgani aks etgan. Videodagi odamlarning umumiy soni chamasi 200 kishini tashkil etadi. E’tiroz bildirayotgan ayollardan biri odamlar dovonga soat 07:00 atrofida kirganini, hamon kutib o‘tirganini, ikki soatdan keyin yo‘llar muzlashini aytib, “Yana odamlar dovonda qoladimi?”, degan savol bilan murojaat qiladi.
Ikki erkak esa texnikalar qayerdaligini, nega bitta texnika ishlayotgani sababini so‘raydi. FVV xodimi ham yetarli asoslari borligini aytib, vaziyatni tushuntirishga harakat qiladi. Biroq bu o‘rinda birgina xodimning shuncha odamga bas kelishi qiyin, garchi haqli bo‘lsa-da. Boisi ayb faqat bir kishida emas, o‘z vakolati va vazifasini suiiste’mol qilgan yuzlab xodimlarda bo‘lishi ham mumkin.
Videoni ko‘ring, xulosa chiqarishni sizga qoldiramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!