O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini taqdim etadi, deb xabar qildi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi matbuot-xizmati.
Xizmatlar o‘ziga quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: hujjatlarda, qimmatbaho qog‘ozlarda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarda qalbakilashtirish belgilarini aniqlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘qitish; shaxsni identifikatsiya qilishda videokuzatuv tizimi imkoniyatlarini aniqlash; transport vositalarining dvigatel, shassi, kuzov raqamlarini ro‘yxatga qo‘yishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdagi tadqiqotlar.
Shuningdek, hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, lotoreya chiptalari, shuningdek boshqa turdagi qat’iy hisobot ostidagi bosma mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar; uzoq muddat mobaynida o‘chib ketgan matnlarni qayta tiklash; zargarlik buyumlari va vino-aroq mahsulotlari tarkibini aniqlash hamda kompyuter texnologiyasi sohasida xizmat va konsultatsiyalar ko‘rsatish, xususan, raqamli tashuvchilarda o‘chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklash va raqamli ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha konsultatsiya berilishi mumkin.
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi