22:44 / 02.01.2018
8 346

Dunyo astrologlarining 2018 yil uchun bashoratlari

Dunyo astrologlarining 2018 yil uchun bashoratlari
Astrologlar 2018 yilning har bir oyiga to‘xtalib, bizni qanday yomon va yaxshi hodisalar kutishi haqida bashorat qilishgan. Ularning aytishicha, umuman 2018 yil o‘tgan yilga nisbatan ancha xotirjam, sokin kechadi. Iqtisodiy o‘sish, biznesda muvaffaqiyatlar, insonlar shaxsiy hayotida farovonlik ko‘zga tashlanadi. Ba’zi davlatlarga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar yengillashtiriladi yoki butkul bekor qilinadi. Yil davomida kuchlilar emas, tafakkur bilan ish tutadiganlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tariladi.

Astrologlar aytishmoqdaki, 2018 yili tabiiy ofatlar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Davlatlar o‘rtasidagi janjallar tinchlik yo‘li bilan hal etiladi. Madaniyat, adabiyot, san’at, tibbiyot sohasida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi.
Endi 2018 yili oylarning xavfli sanalariga e’tibor qaratsak. Astrologlar xuddi shu ko‘rsatilgan sanalarda ehtiyotkorlik zarurligini uqtirib o‘tishgan.
Yanvar 1, 2, 9, 13, 14, 16, 17, 23, 26, 30, 31.
Fevral 8, 11, 15, 16, 17, 18, 23.
Mart 1, 2, 3, 4, 10, 17, 23, 24, 29, 30, 31.
Aprel 10, 11, 15, 16, 26, 27, 30.
May 7, 12, 13, 15, 16, 20, 26, 29, 30.
Iyun 6, 13, 15, 21, 27, 28, 29, 30.
Iyul 6, 9, 12, 13, 23, 24, 25, 26, 27.
Avgust 1, 2, 9, 10, 11, 23, 24, 26, 29, 30.
Sentyabr 6, 9, 12, 18, 21, 23, 24, 25, 26.
Oktyabr 9, 10, 16, 17, 24, 31.
Noyabr 1, 5, 7, 20, 22, 23, 26.
Dekabr 3, 6, 7, 21, 22, 24, 28.

Mana, endi 2018 yilgi oylar bo‘yicha umumiy bashoratlarga e’tibor qaratamiz.
YaNVAR
Yanvar oyi o‘rtalari turli janjallar, kutilmagan hodisalar va jarohatlarga boy bo‘lishi mumkin. Oy oxirida — 31 yanvarda oy tutilish hodisasi sodir bo‘ladi. Surunkali xastalikka chalinganlar ham yanvar oyida ancha bezovta bo‘lishlari kutiladi.
FEVRAL
Oyning birinchi yarmi muammolar seriyasidan iborat bo‘ladi. Bu holat 31 yanvarda boshlanadigan oy tutilishidan 16 fevraldagi quyosh tutilishigacha davom etishi mumkin. Stressli lahzalar, falokatli daqiqalar, organizmni jismoniy zo‘riqishdan asrash payida bo‘lish talab etiladi. Moliyaviy ahvol ham standartlarga javob bera qolmasligi kutiladi. Bu oyning birinchi yarmida yirik xaridlarga yo‘l berish tavsiya etilmaydi.
Oyning ikkinchi yarmi Neptun hukmronligi ostida kechishi munosabati bilan yolg‘onlar, firib va katta-kichik ko‘ngilsizliklardan saqlanish kerak. Tabiiy ofatlar sodir bo‘lishini ham nazardan qochirish yaramaydi.
MART
Martning birinchi yarmi muvaffaqiyatli kechadi. Iqtisodiy o‘sish holatlari ko‘zga tashlana boshlaydi.
Oyning ikkinchi yarmida turli to‘siqlarga duch kelishimiz mumkin. Oy oxirida ko‘ngilsiz xabarlar quloqqa chalinadi.
APREL
Bu xatoliklarni tuzatish oyi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yangi tanishuvlar siz-u bizni taraqqiyotning yangi cho‘qqilari sari yetaklaydi. Falokatlar esa baribir ta’qib etaverishi taxmin qilingan. Oyning ikkinchi yarmiga borib ahvol yana ijobiy tarafga qarab o‘zgara boshlaydi. Bu oy adabiyot, san’at vakillari uchun unumli kechadi.
MAY
Oyning birinchi yarmi dam olish, sayohatlar, yangi tanishuvlar uchun qulay kechadi. Oyning ikkinchi yarmida iqtisodiy o‘sish kuzatiladi. Ish beruvchilar yangi ishchilarni ishga qabul qilish harakatiga tushishadi. Axborot texnologiyasida ham ijobiy o‘zgarishlar kutiladi.
IYuN
Oyning boshida hayot har taraflama yaxshilanadi. Aqliy mehnat, huquqshunoslar maslahatini olish, biznes ijobiy natijalar bera boshlaydi. Ammo oyning ikkinchi yarmida yana janjalli vaziyatlarga duch kelinadi. Oy oxiri ham xotirjam kechmasligi mumkin. Meros, xususiy mulk jabhalarida kelishmovchiliklar kuzatiladi. Ko‘pchilikni omadsizlik ta’qib etib, noxush kayfiyatlarga sababchi bo‘ladi.
IYuL
13 iyulda quyosh, 27 iyulda oy tutilish hodisalari yuz beradi. Shuning uchun fevralda kuzatilgan muammolar, janjallar qayta yuz ochishi ehtimoldan xoli emas. Salomatlik masalasida muammolar, iqtisodiy inqiroz kabilar yuzaga kelishi mumkin. Iqtisod ham mushkulotlar qurshovida qoladi. Ko‘p davlatlar valyutalari pastga sho‘ng‘ish bosqichini boshdan kechiradi.
Oyning ikkinchi yarmida muhim hujjatlarga imzo chekish tavsiya etilmaydi. Aks holda yo‘qotishlarga duch kelinadi. Oy oxirida sog‘liq masalasida jiddiy shug‘ullanish, tavakkalchilik va stressli lahzalardan qochish zarur.
AVGUST
Oyning ilk kunlarida turli ko‘rinishdagi janjalli vaziyatlardan qochish talab etiladi. Ish unumdorligi sekinlashadi. Rejalashtirilgan tadbirlar ortga surilishi mumkin. Oy oxirida bu muammolar ortga chekinib, yana yoqimli lahzalar hukm sura boshlaydi.
SENTYaBR
Sentyabrning birinchi yarmi muvaffaqiyatlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, oy o‘rtasida har jabhada omad, muvaffaqiyatlar soni ortadi. Oy oxirida esa anchadan beri yig‘ilib qolgan ko‘ngilsizliklar suv yuziga chiqqan ko‘pik kabi yo‘limizga g‘ov bo‘lishi mumkin.
OKTYaBR
Oktyabr oyi iqtisodiy nomutanosiblikni keltirib chiqarishi kutiladi. Soliq, sug‘urta, biznes bilan bog‘liq muammolar bezovta qilib o‘tishi mumkin. Yolg‘onlardan, ko‘r-ko‘rona rejalar tuzish, qarorlar chiqarishdan saqlaning.
NOYaBR
Oyning ilk kunlari garmoniyaga, moliyaviy yutuqlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Oy o‘rtasiga borib kelajak rejalar tuzish foydadan xoli bo‘lmaydi. Oy oxiri dam olish, yorqin munosabatlar yuritish uchun qo‘l keladi. Jamiyat hayoti noyabr oxirida sezilarli darajada faollashadi.
DEKABR
Dekabr oyi boshida yil bo‘yi amalga oshirilgan ishlar natijasini ko‘zdan kechirish lozim. Kimning kimlardandir qarzi bo‘lsa, qarzlarni uzish shart. Yangi yil yaqinlashib kelgani sayin insonlar kayfiyati ijobiy tomonga o‘zgarib, ishchanlik, do‘stlik, ahillik g‘alaba qila boshlaydi.
Barchamizga 2018 yil faqat omad, ahillik, mustahkam sog‘liq, farovonlik keltirsin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyo astrologlarining 2018 yil uchun bashoratlari