Bugun, tong soat 6 da Qibray tumani, Baytkurgan posyolkasida joylashgan bolalar tagliklari ishlab chiqarish zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu hodisa tasvirga olingan videolavhalar tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.
Toshkent viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga asosan, ushbu korxona «SOF GIGIENIK» kompaniyasiga tegishli bo‘lib Jonny Baby savdo markasi ostida bir martali bolalar tagliklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lgan. Yong‘in haqidagi xabar soat 06:27 da qabul qilingan. O‘n to‘rtta o‘t o‘chirish brigadalari 2-3 daqiqa ichida yetib kelgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in 700 kv.m maydonni chulg‘ab olgan. Baxtsiz hodisa oqibatida korxonaning devorlari, tomi, asbob-uskunalari yonib ketgan. Baxtli tasodif tufayli ishchilardan hech kim jabrlanmagan.
Ayni damda maxsus tashkil qilingan guruh yong‘inning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi