6 504
Prezident “Kaptiva” sovg‘a qilgan Alisher Qurbonov nima uchun Qoraqalpog‘istonga qaytdi?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida fermer xo‘jalik rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashib, Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovga Qoraqalpog‘istonga qaytib ishlayotgani uchun Kaptiva avtomashinasini sovg‘a qilgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Xo‘sh, Alisher Qurbonov nima uchun va qanday qilib yana Qoraqalpog‘istonga qaytdi? “Yerkin Qaraqalpaqstan” nashri bu savolga javob olish uchun u bilan suhbatlashdi, deb yozmoqda Kruz.uz.
“2017 yili "Panaev farms" fermer xo‘jaligi rahbari Islam Panayev Germaniyaga seminttal naslli qoramol sotib olishga bordi. Shunda men unga 60 bosh seminttal naslli mol, Avstriyadan 300 bosh echki sotib olishda o‘z maslahatlarim bilan yordamlashdim. Sentyabr oyida qishloqqa navbatdagi mehnat dam olishiga kelganimda, shu olib bergan mollarning holatini ko‘rish maqsadida fermer xo‘jaligida bo‘lganimda bu yerdagi ishlarda o‘zgarish kiritish shart va tartibga solish zarur bo‘lgan holatlarni ko‘rdim.
Ana shundan boshlab ushbu xo‘jalikning ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va iqtisodiy tomondan tartibga solish bo‘yicha o‘zimning maslahatlarimni berib, menejer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Hozir bu xo‘jalikning chorvachilikdagi holati ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boshga yetdi. Shuningdek, fermada Hollandiyadan olib kelingan golshteyn naslli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga o‘rtacha 20 litrdan sut sog‘ib olinib, o‘zlarimizda qayta ishlanib, "Panamilk" markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo o‘rinlariga yetkazib berilmoqda”, - deydi Alisher Qurbonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi