Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi harbiy qismga bordi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi harbiy qismga bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim va asbob-anjomlari bilan tanishib, ularni zamonaviy asosda yangilash, ta’minot tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida boshqa iqtisodiy ob’ektlarni ham ko‘zdan kechirishi ko‘zda tutilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar