Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub’ektlariga yer uchastkalarini ajratish tartibotlari soddalashtirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
2009 yilda Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer qonunchiligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzilgan. Komissiya Toshkent viloyati hokimligi tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va tadbirkorlik faoliyati, yakka tartibda uy-joy qurish va boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarini berish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Bunday qarorsiz hokim yer ajratish huquqiga ega emas.
Bu yetarlicha uzoq davom etadigan jarayon: hujjatlar qabul qilingan paytdan e’tiboran 10 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi, shundan keyin qabul qilingan qarorni o‘z ichiga olgan bayonnoma 3 kun ichida Toshkent viloyat hokimligiga yuboriladi. Va, faqat Komissiyaning ijobiy qarori bo‘lganda tuman (shahar) hokimi yer uchastkasi ajratilishi to‘g‘risida qaror chiqaradi (bir hafta muddatda).
Qabul qilingan tuzatishlar natijasida ushbu mexanizm Toshkent viloyatining faqat 5 ta tumanida saqlab qolinadi, bular: Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray, Parkent va Toshkent tumanlari. Shu tariqa, qolgan 10 ta tumanda endi yer uchastkasini Komissiyaning qarorisiz olish mumkin, yer ajratish tartibi esa u yerda yer taqdim etiladigan maqsadlarga bog‘liq bo‘ladi:
• shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun;
• qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) hududida joylashtiriladigan ob’ektlar qurilishi uchun;
• tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun.
Eslatib o‘tamiz, ilgari poytaxt viloyatning 7 ta tumanida yer uchastkalarini ajratish vaqtincha to‘xtatib turilgan edi.
Hujjat 12.01.2018 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi