12:23 / 19.01.2018
7 208

Amir Temur 35 metrli maktubni kimga yozgan edi?

Amir Temur 35 metrli maktubni kimga yozgan edi?
Tarix kitoblaridan ma’lumki, sohibqiron Amir Temur fikri sobit va jiddiy inson bo‘lgan. Qiziq, nahotki, u 35 metrlik maktub yozgan bo‘lsa...

“Bobur va dunyo” jurnalida yozilishicha, Amir Temur Misr sultoni Malik Faraj nomiga chindan ham ushbu maktubni yuborgan. Oltin suvi yugurtirilgan eni uch gaz (1,5metr), uzunligi yetmish gaz (35 metr) bo‘lgan noma o‘sha davrda husnixati chiroyli bo‘lganlarning peshqadami Xoja Bandagiri Tabriziyga yozdirilgan.

Ajablanarlisi, shunday uzun maktubda birgina qo‘shma gap bitilgan edi, ya’ni “Sulton Ahmadni zanjirband etib, bizga jo‘natsin. Qora Yusufni hayot kishanidan bo‘shatib yuborsinlar”.

Xo‘sh, nega Amir Temur bu mazmundagi xat yuborgan? Mashhur tarixnavis Xondamirning “Habib us-siyar” asarida voqealar to‘liq bayon qilingan. Unga ko‘ra maktubda nomlari tilga olinganlar qochoqlar bo‘lib, ular Misr hududida ekanini bilgan Sohibqiron dastavval o‘sha davlat sultoniga ularni tutish lozimligi haqida xabar yuboradi. Biroz vaqtdan so‘ng sulton Malik Faraj “Biz Ahmad Jaloyir va Qora Yusufni ushlab, band etdik.

Ularni nima qilish kerakligini buyursangiz, o‘shanday qilardik” deya xat berib, elchilarini yuboradi. Sohibqiron elchilarga qimmatbaho sovg‘alar va munosib narsalar in’om qilib, o‘sha 35 metrlik xatni ham Misr sultoniga yuborgan ekan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amir Temur 35 metrli maktubni kimga yozgan edi?