Gulnora Karimova tomonidan asos solingan O‘zbekiston madaniyati va san’ati Forumining sobiq xodimi “Asia Terra” portaliga intervyu berdi. O‘zining ismini to‘liq aytishni istamagan sobiq xodima Gulnora Karimovaning tashkiloti nima ishlar bilan shug‘ullangani va u qo‘l ostidagilar bilan qanday munosabatda bo‘lgani haqida ochiq intervyu bergan.
“Boshida hammasi menga yoqib tushgandi”
– Ishga qachon qabul qilingan edingiz?
– 2010 yilda.
– Bu tashkilot to‘g‘risidagi taassurotlaringiz qanday bo‘lgan?
– Boshida hamma ish menga yoqardi, loyihalar ustida ishlardik. Xodimlar unchalik ko‘p emas edi, shuning uchun ularga juda ko‘p narsa yuklatilgandi. Ya’ni bir odam ikkita-uchtagacha loyihani boshqarardi.
– Bu odamlar asosan nima bilan shug‘ullanishardi?
– Masalan, bizning jamoa ayollardan iborat edi. Shuning uchun xayriya loyihalari bilan shug‘ullanardik, ya’ni ko‘krak saratoni bilan og‘rigan ayollarni shifoxonaga joylashtirish, shifoxonalarni ta’mirlashga yordam berish, ayrim bemor ayollarning jarrohlik amaliyotiga mablag‘ ajratish degandek.. Bizga murojaat qilgan ayollar jarrohlik amaliyoti o‘tkazishda, dorilar bilan ta’minlanishda yordam olishardi. Bunda ular pul to‘lamasdi, hammasi fond mablag‘lari evaziga amalga oshirilardi.
– Demak, fondda bir qator xayriya loyihalari bo‘lgan?
– Ayollarning turli jamiyatlari, ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash fondi. Masalan, fermer ayollar loyihasida fermerlik xo‘jaligi bo‘lgan, lekin o‘z xo‘jaligini yuritishni bilmaydigan fermer ayollar uchun treninglar o‘tkazardik. Bu treninglarda xo‘jalikni qanday yuritish kerakligi, buxgalteriya ishlarini olib borish o‘rgatilardi. Dastlab, tanlovlar o‘tkazardik, o‘ttizdan ortiq nomzodlardan o‘n ikkitasini tanlab olinib, ularga yordam berardik. Ayollarning mehmonxona va boshqa xarajatlarini biz qoplab berardik.
– Shunaqa loyihadan jami nechta bo‘lgan?
– 50 talar atrofida. Bu loyihalarda ayollardan tashqari, talabalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berganmiz. Qolaversa, NNTlar bo‘yicha ham loyihalar bo‘lardi.
“Hamma o‘z vaqtida pul to‘lardi”
– Gulnoraga Fond forum nima uchun kerak edi?
– O‘ylashimcha, nimalarnidir aylantirish va fond orqali o‘zining asl faoliyatini berkitishga uringan.
– Moliyaviymi?
– Ha, shu jumladan moliviy faoliyatini ham.
– U loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun pullarni qayerdan olardi?
– Biz moliyaviy yordam ko‘rsatadigan homiylarni qidirar edik. Ularga amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib berganmiz. “O‘ztransgaz”, “Lukoyl” kabi pul to‘lay oladigan tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilardik.
– Ularning barchasi rozilik bilan to‘lab bergan, deb o‘ylaysizmi?
– Deyarli hammasi. Chunki ularning hammasi fond Gulnora Karimovaga tegishli ekanini bilardi, shuning uchun rad eta olishmasdi...
Masalan, biz treninglar o‘tkazish uchun pul yig‘ardik. Zal, mehmonxona va ishtirokchlarni ovqatlantirish tekinga bo‘lmaydi, albatta. Biz shunday ishlarga homiylar topardik va ularning o‘zlarini ham ishtirok etishga taklif qilardik.
– Shunday tadbirlarni o‘tkazishga pul ko‘chirishni xohlamaganlar ham bo‘lganmi?
– Amaliyotda uchramagan.
– Bitta ham rad qilinmaganmi?
– Balki, bunday holatlarda keyingi loyihani mablag‘ bilan ta’minlayman, degan bo‘lishi ham mumkin.
– U yerda aylangan pullarning qanchaligini bilish mumkinmidi?
– Millionlab, deb o‘ylayman.
– Bularning hammasi loyihalarga sarflangan, shundaymi?
– Ha, asosan shunday.
“Tugatmasang ketmaysan”
– Gulnora Fond forumda pul ishlab topmaganmi?
– Bilishimcha, yo‘q! Uning zargarlik va modalar biznesi bor edi. Akamning aytishicha, uning zargarlik ishini juda ham yaxshi biladigan tanishi bo‘lgan. Gulnora uni bir xonaga qamab qo‘ygan va qo‘liga ish berib, “Tilla buyumlarni yasamasang, bu yerdan chiqmaysan. Biz sening yeydigan ovqatingni ham, qizlarni ham, nima xohlasang o‘sha narsani muhayyo qilamiz, lekin sen bizning aytganimizni tugatmaguningcha, bu yerdan chiqmaysan”, degan. U yigit o‘sha yerda o‘n kundan ko‘proq o‘tirishga majbur bo‘lgan. Albatta, u yasagan mahsulotlar “Guli” (Gulnora Karimovaning zargarlik brendi) nomi ostida namoyish qilingan. U yerda juda ko‘p buyumlar tayyorlangan va ularning ko‘pi munosib bo‘lgan. Soatlar, taqinchoqlar juda ham chiroyli va qimmatbaho edi. 2009 yoki 2010 yilda o‘tkazilgan auksionlarda soatlarning boshlang‘ich narxi 50 ming AQSh dollariga baholangan. O‘zimning tanishim ham Gulnoraning qo‘lida nimalardir qurgan. Uning aytishicha, Gulnora kelib ularga baqirgan, so‘kkan, haqoratlagan...
“U madaniyat nimaligini bilmasdi”
– So‘kinarmidi?
– U juda qo‘rqinchli so‘kardi, juda ham qo‘pol... Bu so‘kishlarni men aytishga ham uyalaman. U yerdagi kamsitish, haqoratlashlar... U faqat fond xodimlari bilan emas, boshqalar bilan ham xuddi shunday muomala qilardi... U o‘zidan yoshi ulug‘, o‘zbeklar dunyosida o‘ziga yarasha mavqega ega odamlar bilan me’yordagidek gaplashardi. Boshqalarning oldida muloyim, mehribon ko‘rinardi, hammaga jilmayib qarardi, ammo jahli chiqib ketsa, qiyomat bo‘lardi. Bizda dasturchilar ishlardi va ular ba’zida tonggi soat 5 gacha qolib, qandaydir eskizlar chizishardi. Ular Gulnoraga chizmalarini olib kirishganida, baqirib berardi, so‘kardi, qichqirardi. Agar unga kimdir “pul to‘lang”, “mukofot bering” deb gapirsa, doim “Yoqmasa – bo‘shab ketaver”, deb javob berardi.
– Ya’ni madaniyat yetishmagan?
– U faqat odamlarning oldiga chiqib, chiroyli gapirishni bilardi. Jozibali gapirardi: “hammaning o‘z tarixi bor, bizning o‘z tarximiz bo‘ladi...”. Xuddi qo‘shiqning so‘zlaridek...
2011 yil 8 iyulda uning tug‘ilgan kuni bo‘lgandi, palov tayyorlashdi, biz esa uning she’rlarini o‘qidik... Ishxonada uning she’rlari yozilgan kitobni tarqatishdi va tayinlashdi: “Sen bu parchani, sen bunisini...”. Biz uning suratini ifodalaydigan pazl bo‘lib turdik, har birimiz o‘z joyimizni egallaganimizda uning surati chiqardi. Bu uni o‘zining surati va she’rlari bilan tabriklash edi. Lekin, Gulnoraning o‘zi u yerda ishtirok etmagan, bizni kameraga suratga olishgandi. Bizni ataylab Gulnora uchun suratga olishganini, keyinchalik uning o‘zi ko‘rishini aytishdi. Stolda hamma narsa – mevalar, salatlar, spirtli ichimliklar, qo‘y go‘shti, somsa, palov bor edi. San’atkorlar kelishdi, chiqishlar qilishdi. Biz ham “Biz sizga baxt tilaymiz”, deb qo‘shiq kuyladik.
“Fond hamma tomonni egallab olgandi”
– O‘zbekistonda “men ham shunday xayriya bilan shug‘ullanaman” degan boshqa odam chiqishi mumkinmidi yoki ularni “chetga surib” qo‘yisharmidi?
– Albatta, chetga surib qo‘yishardi. Balki rostdan ham shunaqa odamlar bo‘lgandir, lekin Fondda bu haqda ochiq gapirilmasdi, darrov og‘ziga urilardi.
Bundaylar faqat Fondning homiylari ro‘yxatida turishi mumkin edi. Odamlarni Fond ishiga mana bunday jalb qilardik: “Bizda bir loyiha bor edi, shuni moliyalashtirmaysizmi?” Keyin bu odam Fondning quliga aylanar edi. Hamma joyda avval fond, keyin boshqalar...
– Ular ishtiroki uchun qandaydir imtiyozga ega bo‘larmidi?
– Ularning faqat tadbirlarda ishtirok etishiga ruxsat berilardi, agar qandaydir muammoga duch kelsa Fond forum yechishga yordam berardi.
– “Muammolaringizni yechishga yordam beramiz...” degani o‘ziga xos reket emasmi?
– Ha, shunga o‘xshash. Fond Forum hamma tomonni egallab olgan edi... Uni hech kim nazorat qilolmasdi.
“U faqat so‘kish borasidagi bilimi bilan ajralib turardi”
– Eshitishimcha, u odamlarning diqqat markazida bo‘lishni, ya’ni ajralib turishni yoqtirgan. Yangi, chiroyli ko‘ylaklar kiyib oladi va “Mana yangi xayriya loyihasi”, deb gapiradi...
– U boshqalardan ajralib turardi deya olmayman. Uning ko‘ylaklari so‘zsiz har doim eng chiroyli bo‘lgan. O‘zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘rardi... Agar shifoxonani ochish kerak bo‘lsa ham u yerni ta’mirlashar, yangi jihozlar olib kelishar va tabiiyki, u o‘sha yerda ham boshqalardan ajralib turardi.
– “Kelajak ovozi” nima degani?
– Bu yoshlar fondi edi. Bu yerda o‘ziga yarasha aqlli bolalar yig‘ilgan edi. Ular turli tanlovlar o‘tkazishar, tenderlarda ishtirok etishar va xorijda ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritishardi. Ular turli ko‘rgazmalar tashkil qilishar. “Style.uz”ni tashkil qilishda faol qatnashishardi, biroq namoyishida ishtirok etishmasdi.
Amerikaliklarga maktublar
– Moda sohasida uning qandaydir loyihalari bormidi?
–Moda bilan bog‘liq narsalar uning shaxsiy ishi edi. Bunga Fond forumning hech qanday aloqasi bo‘lmagan.
2011 yilda Nyu-Yorkda Gulnoraning modalar namoyishi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan. Lekin uni tashkilotchilar bekor qilishga majbur bo‘lishgan. O‘shanda butun forumchilar AQSh elchixonasiga uni qo‘llab-quvvatlab xat yozishga majbur bo‘lganmiz. Biz bu xatlarda uni qanday loyihalarni amalga oshirayotgani, oltin, brilliantlar bilan qanday tikuvchilik qilayotganini aytib maqtashimiz kerak bo‘lgan... Biz nafaqat o‘z nomimizdan, balki Petya, Kolya, Vasya... kim duch kelsa o‘shaning nomidan xat yo‘llaganmiz. Xatlarda biz o‘zimizni volontyorlar sifatida tanishtirib, hammasini ko‘ryapmiz, bilib turibmiz deb yozgandik.
Bunda har bir odamdan kuniga 8-10 tadan xat yozishni talab qilishgan. O‘sha vaqtda fondda rasmiy 300-500 nafar odam bor edi. Norasmiy bundan ham ko‘p, qolaversa, “Kelajak ovozi”ning faollari ham bizga yordam berishgan.
– Ya’ni kuniga 500 nafar odam 8 tadan xat yozgansizlar? Bu qancha vaqt davom etgan?
– Taxminan bir hafta.
– Qog‘ozga yozgansizlar, konvertlarni sotib olgansizlarmi?
– Ha. Biz bularni kechqurun topshirardik va jo‘natilardi.
– Amerikaliklar bularning qayerdan kelayotganini tushunishganmi?
– Balki tushunishgandir. Har holda elchixonadan birorta ham javob kelmagan. Bir haftadan keyin bizga palov pishirib berishgan, mehmonlar – bizning mashhur san’atkorlarimiz, yulduzlarni taklif qilishgan... Musiqa, o‘yin-kulgu... Aktyorlar, rejissyorlar kelishgan. Gulnora bilan avtobusda butun bir jamoa kelgandi. Imom tilovat qildi, shunda Gulnora Karimova “Yashanglar, bolalar! Sizlarning urinishlaringiz samarasini berdi, biz modalar namoyishini o‘tkazdik”, dedi.
Keyin bilsak, namoyish xususiy tashkil qilingan ekan. Qaysidir restoranda u o‘zining namoyishini o‘tkazib kelgan. Gulnora bizga o‘zining g‘alaba bilan kelgani to‘g‘risida gapirdi, biz esa bu ishni uddalaganimiz uchun osh yedik.
“Xodimlarda tamg‘a qoldi”
– Fond xodimlariga yaxshi maosh to‘lasharmidi?
– Direktorimiz Mavluda Shirinova taxminan 2011 yillarda 200 ming so‘mdan oylik berishni va’da qilardi. Loyihalar juda jiddiy edi, shuning uchun biz ishda yarim kechagacha ushlanib qolardik. Shunda bizga mukofot puli to‘lashga va’da berishardi va bu gaplar va’daligicha qolib ketardi.
Menda forumdan qolgan taassurotlar yaxshi. Chunki, u xayriya bilan shug‘ullanardi. Qariyalar, betoblar, umuman, odamlarga yordam berardik. Lekin, ish jarayoni og‘ir kechardi. U yerda vaqtimizning katta qismini o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelardi, farzand, oila uchun vaqt qolmasdi. Yoqmasa ishlamaysan, yoqsa ishlaysan. Direktorlarimiz sutkalab o‘tirardi. 2001 yilda direktorimiz 1 million maosh olardi, bizga esa ancha kam to‘lanardi. Vedomostda qo‘limizga olganimizdan uch baravar ko‘p narsaga imzo chekardik.
– Aytishlaricha, Yekaterina Klyuyeva – uning yaqin dugonasi ozodlikda ekan?
– Ha, umuman olganda shunday.
– Qolganlarchi? Masalan, Rustam Madumarov?
– Bilmayman. Hamma bu haqda gapirishdan qo‘rqadi... Avvallari men qo‘ng‘iroq qilib “assalomu alaykum, men shu tashkilotdanman, falonchi bilan gaplashishim kerak desam”, darrov ulab berishardi. Fond yopilganidan keyin u yerdan ishdan bo‘shaganlarni boshqa tashkilotlar ishga ham olmay qo‘yishdi. Endi ularning ishga joylashishi qiyin kechmoqda. Chunki ularning hammasida “Fond forumda ishlagan” degan tamg‘asi bor.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar