Barchamiz kundalik hayotimizda turli nomdagi qadoqlangan sharbatlarni ichamiz. Ayniqsa, tug‘ilgan kun, bayram tantanalarida u dasturxonimizning eng muhim ichimligiga aylangan, desak, adashmaymiz. Xo‘sh, mazkur sharbatlar haqida nimalarni bilishimiz kerak? Marhamat, tanishing.
Bizning fikrimizcha: yangi sharbatlarni och qoringa ichib bo‘lmaydi, aks holda oshqozon buziladi.
Aslida: yangi siqilgan sharbat ham boshqa ichimliklardan farq qilmaydi. U xoh qadoqlangan sharbat bo‘lsin, xoh kisel. Sharbat och qoringa ichilganda oshqozon kislotasi ishlab chiqarish yaxshilanadi, shu bois, uni avval ichib, so‘ng ovqatlangan ma’qul. Oshqozon kasalliklariga uchragan insonlarga esa sharbatlar, aynisqa, ananasli, apelsinli sharbatlar nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi.
Bizning fikrimizcha: bolalarga mo‘ljallangan qadoqdagi sharbatlar, odatdagilaridan ancha yaxshi, uning tarkibida shakar kam bo‘ladi.
Aslida: «Bolalar uchun mo‘ljallangan» sharbatlarning marketing xususiyatlari ko‘proq. Undagi shakar tarkibiga kelsak, odatdagilari bilan bir xil miqdorda bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha: qadoqlangan sharbatlarning hech qanday foydasi yo‘q.
Aslida: qadoqlangan sharbatlar qayta ishlash jarayonida ko‘p miqdorda S vitaminini yo‘qotadi. Yangi siqilgan sharbatlarda esa miqdori ko‘p bo‘ladi. Shu bois uning foydasi unchalik yo‘q. Juda ham ozg‘in yoki katta jismoniy kuch sarflaydigan insonlar uchun qadoqlangan sharbatlar yaxshi natija beradi. Boshqalar uchun bunday sharbatlar qonda shakar miqdorining va tanadagi yog‘ qatlamining ko‘payishiga olib keladi.
Bizning fikrimizcha: shisha idishdagi sharbat qadoqlanganlariga qaraganda zararli emas.
Aslida: sharbat undagi shakar miqdori sabab zararli. Shu bois, uning qanday idishda ekani ahamiyatsiz. Qolaversa, qadoqdagi sharbatlar qolganlariga qaraganda uzoq saqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, yangi yoki qadoqlangan sharbatmi, ikkisi ham yaxshi tanlov. U mevalardan tayyorlanadi va vitaminlarga boydir. Shuning uchun sog‘lig‘imiz uchun ularning faqatgina foydasi bor.
Manba: xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi