Islom Karimov vafot etib, Shavkat Mirziyoyevning saylov kampaniyasi boshlangan, “portalga yozish” “moda bo‘lgan” paytlar edi. Marg‘ilonda edim. “Bosh Vazir Farg‘onaga ana keladi, mana keladi” degan gaplar yurardi. Bir pedagog tanishim aytib qoldi:
“O‘rtoq, har kuni ko‘cha supurish, belgilangan ob’ektni obod qilishga chiqamiz. Bosh Vazir keladi, deb yo‘llarga gullar ekdik. So‘lib qoldi, yana ekdik. Falon maktabdagi o‘qituvchi portalga yozvoribdi:
“Hurmatli Bosh Vazir! Sizdan yagona iltimosimiz bor: iltimos, viloyatimizga tezroq tashrif buyuring! Biz pedagoglar, mana, bir oydirki, bolalarni o‘qitmayapmiz. Har kuni gul parvarishlayapmiz, o‘t yulyapmiz, daraxt oqlayapmiz, yo‘llarni obod qilyapmiz. Iltimos, tezroq keling, biz ham maktabga qaytaylik!”
O‘sha o‘qituvchini dushmandan olib, xoinga chiqarishdi, nimaga yozding, deb dashnom berishdi. Qaragin, o‘rtoq, bizda o‘z haqini talab qilgan va boshqalarga ham yaxshilik ulashmoqchi bo‘lganning ahvolini...”
Do‘stim bilan bu mavzuda ko‘p so‘zlashdim. O‘sha payti o‘qituvchilarning paxtaga chiqishi, shahardagi buzilayotgan va qayta ta’mirlanayotgan ob’ektlarda mardikordek ishlashi, portalga shikoyat yozganlarning muammolarini o‘rganish va ulardan tushuntirish xati olishga ham yuborilayotgani kabi bir qancha ko‘ngilsiz ishlar haqida so‘zlashdik. Yuragim hapqirib ketdi:
“Nahot shuncha ishlar bo‘ladi-yu, o‘qituvchilar orasidan bitta mard chiqib, bo‘lar endi deyolmasa!”
“Dedik. Lekin direktor “xohlasang – shu, arizangni yozaver! O‘rningga odam tayyor! Mana, kollejlar yopilyapti, yaqinda qisqartirishlar bo‘ladi. Qani, qayerga borarkansan”, dedi. Nima ham qilardik. Boshqa ish yo‘q bo‘lsa... Tirikchiligini tashlab, hammasiga tupurgan bir mard topilmadi...”
Keyin internetda so‘kag‘on, urag‘on rahbarlar haqida video, audiohujjatlar chiqdi. Hokimlar qo‘l ostidagilarining onasidan so‘kdi, padariga la’nat aytdi, chidab bo‘lmas uyat so‘zlar bilan haqorat qildi, haromga tiqdi, yuziga urdi. Taassufki, bironta mardi chiqib, “sen kim bo‘libsanki, meni unday deysan, otamdan, onamdan so‘kasan?”, deganini eshitmadim.
O‘lganning ustiga tepgan kabi, musibatzadalarga “horomilar” deya murojaat qilgan viloyat hokimi: “Mard bo‘lsang, shundoq chiq-da, yo‘qolib ket” deganda tuman hokimi: “Kim horomi? Hokimiyating ham, kresloying ham o‘zingga siylov” deb chiqib ketishi kerakmasmidi? Toshloq tumanidan bironta mard rasmiy chiqib, hokimdan bu so‘zlariga javob so‘rashi shartmasmidi?
Agar bu hodisa bironta Yevropa davlatida bo‘lganidami, og‘zi buzuq janob allaqachon tavbasiga tayangan va jamiyatdan tinmay kechirim so‘rayotgan bo‘lardi.
Biz mute yashab o‘rganib qolibmiz! Bizga “Horomi!” deganga ham bosh egib turadigan bo‘lib qolibmiz. Och qornim — tinch qulog‘im! Yashasin Tirikchilik!
Davronbek Tojialiyev, jurnalist
Manba: sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...