«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bosh ilmiy xodimi, institutning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston muammolarini tadqiq etish markazi direktori Andrey Kazansev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyati haqida o‘z fikrini bildirar ekan, uni «yirik tarixiy shaxs» deb ta’rifladi.
«Men doimo O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida juda ehtiyotkorlik bilan fikr bildirar edim, — deb yozadi A.Kazansev. — Lekin bugun bu islohotlar haqida ochiq-oydin aytish kerak, deb o‘ylayman».
«Shaxsning yirikligi nima bilan belgilanadi?» degan savolga rossiyalik ekspert quyidagicha javob berdi: «U kerak bo‘lganda «oqim bo‘ylab», zarurat tug‘ilganda esa «oqimga qarshi» harakatlana oladi, oddiy, o‘rtamiyona inson esa bunday qilishga qodir emas. Yirik shaxs ijodiy yondasha oladi. Bu, ayniqsa, siyosatchilarga xos».
«Bugun sobiq sho‘rolar hududida, hatto butun dunyoda konservatizm ruhi ustuvorlik qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev esa O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Dunyoda va sobiq sho‘rolar hududida o‘z qobig‘iga o‘ralish kayfiyati kuchayib borayotgan bugungi kunda Shavkat Mirziyoyev xalqaro iqtisodiy hamkorlikni jiddiy ravishda kengaytirmoqda. Jahonda turli qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, Shavkat Mirziyoyev esa Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan murosa qilib, mintaqadan tashqari barcha Hamdo‘stlik davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilamoqda. Umuman, oqimga qarshi bormoqda, lekin bunda faqat O‘zbekiston manfaatlari ustuvorlik kasb etmoqda. Uning shaxs sifatidagi yirikligini belgilaydigan omil aynan mana shunda», deb fikriga xulosa qiladi A.Kazansev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi