Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24–25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishni ko‘zda tutuvchi ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.
Viloyatda 2017 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 17 trillion 366 milliard so‘mni tashkil etdi. Bandlik dasturi doirasida 70 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. 2 ming 711 ta, jumladan, sanoatda 776 ta, xizmat ko‘rsatishda 1 ming 115 ta va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 820 ta loyiha amalga oshirildi.
Prezident safar davomida Samarqand viloyatida ham bo‘lishi va Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha joylarda amalga oshirilgan ishlarni shaxsan borib ko‘rishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi