O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – Ichki ishlar vazirining Matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov Zangiota tumanidagi yangi hibsxona haqida O‘zA’ga ma’lumot berdi.
– Prezident qarori asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan tergov hibsxonasi qurildi, – deydi Qutbiddin Burhonov. – Hozirgi kunda “Toshturma”da saqlanayotgan mahkum va mahbuslarning barchasi yangi binoga ko‘chirildi. Xalq orasida “Toshturma” nomi bilan mashhur Toshkent shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasi 1891 yilda Chor Rossiyasi amaldorlari buyrug‘iga binoan toshdan barpo etilgan. O‘zaro yer osti va yer usti yo‘llari bilan bir-biriga bog‘langan to‘rt korpus mavjud bo‘lsa-da, binoning umumiy ahvoli bugungi kun talablariga, xalqaro standartlarga javob bermasdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, binoni loyihalashtirishda iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, jazoni ijro etishga oid barcha jihatlar hisobga olingan. Binoni qurish va jihozlashda zamonaviy texnologiya va materiallardan foydalanilgan.
- Oshxona, kutubxona, yuvinish xonasi va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari har tomonlama qulay. Maxsus kontingentga zarur bo‘lgan tibbiy yordam ko‘rsatish va uni tashkillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Oziq-ovqat va dori-darmonlarni saqlash uchun zamonaviy muzlatkichlar o‘rnatilgan, - deydi u. - Xalqaro va zamon talablariga javob beruvchi, qurilishi va jihozlanishi jihatidan MDH davlatlari ichida yagona hisoblangan ushbu hibsxona sakkiz qirrali yulduz shaklida qurilgani kameralarga har tomonlama yorug‘lik tushishini ta’minlaydi. Mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoshlari, advokatlari bilan uchrashuv xonalari mavjud. Bu xonalar barcha talablarga javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshturma yangi joyga ko‘chirilayotgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?