13:03 / 30.01.2018
10 444

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning katta nabirasi, Gulnora Karimovaning o‘g‘li, 25 yoshli Islom Karimov Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati kichik Islom Karimovning Londondagi advokatiga tayangan holda xabar berdi, deb ma’lum qilmoqda Kun nashri.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi kamida bir oy muqaddam siyosiy boshpana bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.

O‘zbekiston birinchi prezidentining katta nabirasi kichik Islom Karimov ayni damda Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. Gulnora Karimova esa hozirgi paytda O‘zbekistonda hibsda.

O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor, deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani haqida xabar bergandi.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Gulnora Karimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243 moddalari bilan ayblov e’lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning o‘g‘li Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi