Anchadan buyon Adiblar xiyoboniga borishni rejalashtirib yurgandim. Nihoyat, ushbu go‘shani ziyorat qilishga imkon bo‘ldi. Bir olam hayajon va ishtiyoq bilan atoqli adiblarimiz, shoiru yozuvchilarimizning haykali qad rostlagan ajib maskanga qadam bosyapman. Keng va ravon yo‘lakning ikki tomonidagi manzarali daraxtlar, odamga o‘zgacha xush kayfiyat baxsh etadi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 9,6 gektardan iborat maydonda ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qad rostladi. Binoda ijodiy kechalar, badiiy muhokamalarni o‘tkazish uchun sharoitlar yaratildi.
Hududda O‘zbekiston xalq yozuvchilari Abdulla Qahhor, Oybek, Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotiralariga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari bor edi. Xiyobon barpo etilgach, atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov, O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari o‘rnatildi. Shuningdek, xiyobon hududiga shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon, O‘zbekiston xalq shoirlari Zulfiya, G‘afur G‘ulom haykallari ko‘chirib o‘tkazildi.
...Atrofga mahliyo bo‘lib, xiyobonning adiblar haykallari o‘rnatilgan qismiga borib qolibman. Adabiyotimizning mashhur siymolari ro‘parasida o‘rindiqlar o‘rnatilgani qanday yaxshi. O‘tirib, ular bilan “suhbatlashish”, she’rlaridan aytib, bir olam zavq olish mumkin. Ehtimol, yillar o‘tib shu o‘rindiqlar eng sara asarlarning yaratilish manzili bo‘lib qolar....
“Xiyobonga kirishdan boshlab, ilohiy kuch bo‘lishi kerak. Bu xiyobon odamlarga ma’naviyat beradigan, ma’rifat ulashadigan joy bo‘lishi kerak. Kelganlar oldin muzeyga kirib, adiblarimiz ijodi bilan tanishadi, keyin ziyorat qiladi. Ma’naviyat darslari tashkil etiladi. Bu yer beega joy bo‘lib qolishi kerak emas!”
Shavkat Mirziyoyev
Ammo bir xunuk manzaraga ko‘zim tushdi-yu shirin xayollarim uchdi-ketdi. O‘zbekiston Qahramoni, sevimli shoirimiz Abdulla Oripov haykali qarshisida ikki “sevishgan” turardi. Suhbatlashib o‘tirgandir, ehtimol she’rxonlik qilayotgandir dersiz. Adashasiz. Ular bir-birining pinjiga kirib olgandi. Ko‘rganlarimni aytishga til bormaydi.
Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboni.
Bular-ku hali yosh, hayotning achchiq-chuchugini totmagan. Qilayotgan hatti-harakatlarining mohiyatini yaxshi anglamas. Biroq sal narida ko‘rinishidan 35-40 yoshlardagi erkakning ma’shuqasi bilan qilib turgan ishini ko‘rib, xijolatdan yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadim, xolos. Hoy-nahoy ularning har ikkisi ham oilali bo‘lsa kerak. Nahotki odamlarimiz beandishalikni oddiy hol sifatida qabul qilib, tubanlikka botayotgan bo‘lsa. Bunday ma’naviy qashshoq kimsalar tarbiyalayotgan bolalarning taqdiri ertaga qanday bo‘ladi?
Axir Adiblar xiyoboni shu kabi hayosizliklar maskaniga aylanishi uchun barpo etilmadi-ku! Qachongacha bundaylarni ko‘rganda bee’tibor o‘tib ketaveramiz. Bu millatimiz ma’naviyatiga, an’ana va urf-odatlarimizga jamiyatimizda ming yillar davomida shakllangan axloq qoidalariga putur yetkazmaydimi?
Shunday ekan, bu illatni katta davralarda muhokama qilish, keng jamoatchilik nazorati o‘rnatib, unga qarshi keskin chora ko‘rish lozim deb hisoblaymiz.
Xurshid Qodirov
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas