Liverpul universiteti olimlarining so‘zlariga ko‘ra, itlar ko‘proq ruhiy jihatdan beqaror odamlarga hujum qilar ekan. Journal of Epidemiology & Community Health'da taqdim etilgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, itlar aksariyat holatlarda o‘z egalarini emas, notanish kishilarga tashlanar ekan. Shu bilan birga, ular kayfiyati keskin o‘zgarishlarga moyil insonlarni tishlash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, itning agressiv reaksiya ehtimoli "jabrlanuvch"ning yoshiga proporsional ravishda oshar ekan.
Tadqiqotda qatnashgan 694 nafar ishtirokchidan 172 kishi hayotida bir marta bo‘lsa-da, it hujumiga yo‘liqqani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek ma’lum bo‘lishicha, erkaklar ayollarga nisbatan 1,8 marta ko‘p itlarning hujumiga duch kelishgan. Bundan tashqari, bir necha iti bor kishilar uy hayvoni boqmaydiganlarga nisbatan 3,3 marta ko‘p jonivorlar hujumiga yo‘liqishgan.
So‘rovnoma Angliya shimoli-g‘arbidagi Cheshir shahri aholisi orasida o‘tkazilgan. Qatnashchilar ruhiy holat tahliliga yo‘naltirilgan anketalarni ham to‘ldirib, ularga it hujum qilgan yo qilmaganiga doir ma’lumot berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda