
Ispaniyadagi yetakchi tahlil markazlardan biri – Barselona Xalqaro aloqalar markazi 2017 yilda xalqaro munosabatlarda faol bo‘lgan taniqli shaxslar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Bunda 40 kishining nomi e’lon qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Tahlil markazining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston rahbarining mamlakat Prezidenti lavozimiga saylanishi ko‘pchilik kutmagan hodisa bo‘lib, mamlakatga nekbinlik va yangi muhitni olib kelgan.
Shuningdek, Tahlil markazi buni quyidagilar bilan belgilanishini izohladi:
- Bugun O‘zbekiston mamlakatda ochiq siyosat olib borayotgan Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi ostida o‘zbek xalqi uchun nekbin tuyg‘u bo‘la olgan o‘ziga xos bahorni boshdan kechirmoqda;
- O‘nlab siyosiy mahbuslar ozod qilindi;
- 2700 nafar mahbus afv etildi;
- Ko‘plab kishilar maxsus xizmatlarning qora ro‘yxatidan chiqarildi;
- So‘z erkinligi natijasida matbuot barcha sohani batafsil yoritish va tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldi;
- Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarning rivojlantirilgani mamlakat fuqarolari uchun katta yengilliklar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2016 yilda ham Barselona Xalqaro aloqalar markazi tomonidan tuzilgan ro‘yxatga kiritilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar