Bolam, mening tobora injiq, serzarda bo‘lib borayotganimni keksalikka yo‘y, endi avvalgidan ham sabrliroq, halimroq bo‘lishga harakat qil.
Dasturxon ustida azbaroyi quvvatsizlikdan kiyimlarimga ovqat to‘kib yuborsam, g‘azablanma. Shunday paytlarda bolaligingda senga biror nima o‘rgatish bilan hech erinmay, zerikmay mashg‘ul bo‘lgan kunlarimni, to uxlab qolguningcha sen yaxshi ko‘rgan ertakni takror-takror aytgan kechalarni esla.
Yangicha texnikalarga nisbatan qarashlarim johillikdek tuyulsa, yuzingni chetga burib, masxaralab kulma.
Ba’zan suhbatlarda so‘zdan adashsam, unutib, parishonxotirlik sabab kalavaning uchini yo‘qotsam, to eslab olgunimcha asabiylashib ketma. Zotan, yonimda bo‘lishing va meni tinglay bilishing juda ahamiyatli men uchun…
Keksalik zaiflashtirgan oyoqlarim yurishga mador topa olmagan pallalarda qo‘llarimdan tut, xuddi go‘dak payting ilk qadamlaringni tashlarkansan, sevina-sevina qo‘lchalaringdan ushlab yetaklaganim kabi.
Sening yoningda bo‘lganimda o‘zingni xushnud, xushhol, kuchli his et. Toki yonimdaligingda o‘zimni xotirjam his qilay, kichkinaligingda mening hammadan kuchli ekanimga ishonib ovunganing singari.
Seni juda-juda yaxshi ko‘rishimni, senga cheksiz mehr bilan bog‘langanligimni yodingdan chiqarma. Doim ham o‘zingga aytavermasam-da, meni deb qilayotgan har bir harakating, yaxshiliklaring uchun tashakkurlar bor ko‘nglimda. Sening haqqingga qilayotgan duolarim ham ana shu sevgi va mehrga yo‘g‘rilgan. Bir narsani esingda tut – tug‘ilganingdan shu kungacha sen uchun nimaiki qilgan bo‘lsam, barchasini faqatgina burch sababli emas, Alloh ato etgan samimiy muhabbat va zavq ila bajardim. Ularning hech birida zarracha minnat yo‘q. Yuqoridagilarni esa ahvolimni anglatish uchungina aytdim.
Endi meni tushungandirsan, bolam?!
Muhiddin ota
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi