15:20 / 07.02.2018
5 147

Mehnat bozorida qaysi mutaxassisliklarga talab yuqori?

Mehnat bozorida qaysi mutaxassisliklarga talab yuqori?
AKT mutaxassislariga mehnat bozorida talab yuqori, shu sabab ularning ish haqi ham o‘sib bormoqda. Yosh mutaxassislarni ishga joylashda ishtirok etish «Mirzo Ulugbek Innovation Center» faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, deyiladi markaz ma’lumotida.

Innovatsiya markazi bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlarni topish va tanlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan rezident-kompaniyalar va kadrlar bozorini takliflar bilan to‘ldiradigan texnik universitetlar o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

Mazkur yo‘nalishda, ayniqsa, Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan. Biroz avval mazkur universitetning to‘rtinchi bosqich talabalari O‘zbekistonning yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ushbu talabalarning sakkiz nafari internet-loyihalar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «DataSite Technology» korxonasida amaliyot o‘tashmoqda. Ularning 3 nafari KPI loyihasi, 2 nafari veb-ishlab chiqarish va 3 nafari «Android» va «IOS» mobil amaliy tizimlarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

— Barcha amaliyot o‘tovchilar suhbatdan va dastlabki test sinovlaridan o‘tkazildi, — deydi kompaniyaning «HR» xodimi Gulxumor Karabayeva. — Yosh mutaxassislar loyihalarga o‘zgacha yondashuvlari va ko‘pgina masalalar bo‘yicha mustaqil fikrlari bilan e’tiborimizni torta olishdi. Shuningdek, ularning yangi sharoitga tezroq va osonlik bilan moslashishlari uchun welcome-trening o‘tkazildi.

Har bir amaliyot o‘tovchiga uning faoliyatidan kelib chiqqan holda ishlovchi xodimlardan biri murabbiy etib tayinlandi. Ularning barchasi bilan 3 oylik amaliyot o‘tash shartnomasi tuzildi va shundan so‘nggina ularni ishga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Innovatsiya markazi xuddi shunday asnoda boshqa tarmoq oliy o‘quv yurtlari bilan ham ishlashni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehnat bozorida qaysi mutaxassisliklarga talab yuqori?