18:20 / 09.02.2018
5 273

Prokuratura ruhiy xasta qiz nima uchun talaba yigitni pichoqlab o‘ldirganini ma’lum qildi

Prokuratura ruhiy xasta qiz nima uchun talaba yigitni pichoqlab o‘ldirganini ma’lum qildi
Toshkent prokuraturasi talabani pichoqlab qo‘ygan ruhiy xasta qiz bilan bog‘liq jinoiy ish haqida ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni poytatning Uchtepa tumanida sahar soat uchlarda 28 yashar O.Boronenko To‘rttinchi fevral kuni poytaxtning Uchtepa tumanida 28 yashar qiz o‘z uyi oldida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining birinchi bosqich talabasi ko‘kragiga pichoq bilan zarba bergan edi M.Mamajonovning ko‘krak qismiga pichoq bilan zarba bergan edi. Natijada yigit hodisa joyida vafot etgan.

Toshkent prokuraturasi boshqarma rahbari Bobir Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning ikki ishtirokchisi bir necha soat avval tanishishgan bo‘lgan.

«Hodisa shunday boshlanganki, Boronenko qotillik sodir etilishidan bir kun avval taksida bir yosh yigit bilan tanishgan bo‘lib, u Mamajonovning tanishi bo‘lgan. Ertasi kuni ular endilikda uch kishi kafeda uchrashishgan. Shundan so‘ng qiz ularni o‘z xonadoniga, kechki ovqatga taklif etgan. O‘sha vaqtda kvartirada to‘rt kishi bo‘lishgan — ikki yigit, qiz va uning onasi», — qayd etdi Dehqonov.

Shundan so‘ng, qizning onasi uxlashga ketgan, kompaniya esa spirtli ichimliklarni ichib, suhbatni davom ettirgan.

«Qiz ilgari maxsus muassasada bir necha bor davolangan. Uni davolagan shifokorning bizga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar iste’mol qilganidan so‘ng, qiz tezda jahllanadigan va agressiv holatga kelar ekan. U do‘konlarda, sartaroshxonalarda, ataydan janjallarni keltirib chiqarar ekan. Bu yerda ham xuddi shunday bo‘lgan. Janjal avj olgan, Mamajonov kvartiradan qochib chiqa boshlagan, qiz unga zinapoya maydonchasida yetib olib, pichoq bilan zarba bergan», — deb hikoya qildi Bobir Dehqonov.

Mast holati tarqagan vaqtda qiz o‘ta osuda va xushmuomala bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, kasalligi bot-bot bo‘y ko‘rsatib turgan. Misol uchun, u 2007 yilda o‘z o‘g‘lidan voz kechgan va uni bolalar uyiga topshirgan.

Prokuratura xodimi so‘zlariga ko‘ra, endilikda Boronenko majburiy davolash kurslaridan o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu kurslar qancha muddat davom etadi va qizga qamoq jazosi tayinlanadimi yo‘qmi sud hal etadi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura ruhiy xasta qiz nima uchun talaba yigitni pichoqlab o‘ldirganini ma’lum qildi