
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasini ziyorat qilgani, ziyorati chog‘ida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, Qur’on tilovat etilgani haqida xabar bergan edik.
Prezident majmuadagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Eslatib o‘tish kerak, davlat rahbari 2017 yil 26 may kuni bu «Suzuk ota» majmuasida bo‘lib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar