
IIB katta inspektori ta’magirlikda gumonlanib tegishli huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi.
Kecha, 9 fevral kuni Nukus shahar “Juvazshi” mahalla fuqarolar yig‘ini, Juzimbog‘ ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1989 yilda tug‘ilgan M.N ning sud ishi ko‘rildi.
Unda jamoatchilik vakillari, jumladan Yoshlar yetakchisi ishtirok etdi.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha sud qilinib, Sud jarayoni 2018 yil yanvar oyida ikki marotaba o‘rganib chiqildi.
Mazkur sud ishi joriy yil 2 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudida yana bir bor ko‘rildi.
Fuqaro M.N ni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi o‘z kafilligiga oldi va u sud zalidan ozod qilindi.
Yoshlar ittifoqi tez kunlarda uning bandligini ham ta’minlash uchun harakatni boshlab yuborgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar