3 fevral kuni soat 02:30 larda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi “Lasetti”, rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 1252-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan A.S. boshqaruvidagi “Mersedes-bens”, yuk avtomashinasini quvib o‘tayotgan vaqtida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Surxondaryo viloyati Denov tumani Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi A.U. boshqaruvni eplay olmay A.S. boshqaruvidagi “Mersedes-bens” avtomashinasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi Denov tumani Sh.Rashidov ko‘chasida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan J.M. jarohat olib kasalxonada vafot etgan va yana 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi