O‘z shaharlari jozibadorligini oshirishga e’tibor qaratgan Kiyev kengashi (Ukraina) simyog‘ochlarga reklama e’lonlarini yopishtiruvchilarga qarshi kurashishga qaror qildi.
Yangi qoidalar reklama varaqlarini simyog‘ochlardan tashqari ko‘cha chiroqlari, devorlar, binolar fasadlariga joylashtirishni ham man etadi. Muqobil taklif sifatida maxsus axborot stendlari va doskalarini o‘rnatish ko‘zda tutilyapti, deyiladi Kiyev shahar kengashi matbuot xizmati xabarida.
Shunga qaramasdan, kimda-kim «tizimga qarshi chiqib» ruxsat etilmagan joylarga o‘z reklamasini yopishtirib ketaversa, qoidabuzarlarga o‘sha reklama e’lonida ko‘rsatilgan telefon raqami orqali chiqilib, ma’muriy jarimani to‘lash talabi qo‘yiladi. To jarima to‘lanmagunicha, «reklamachilar» tarmoq bandligidan potensial mijozlari bilan bog‘lana olishmasligi uchun, har bir necha daqiqada ularning telefonlariga avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilaveradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi