00:49 / 12.02.2018
14 067

Qarz shartnomasi qanday tuziladi?

Qarz shartnomasi qanday tuziladi?
Qarz munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 41-bobida aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga muvofiq fuqarolar o‘rtasida qarz hajmi eng kam ish haqining 10 barobaridan ziyodni tashkil etsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart. Bunda qarz shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi shart emas. Lekin taraflardan biri shartnomaning notarial tasdiqlanishini talab etsa, bu so‘rovni amalga oshirish uchun xohlagan notarial idoraga murojaat qilish mumkin.

Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Buni aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.

Qarz shartnomasida to‘lov miqdori, rasmiylashtirilgan sana, joyi va majburiyat bajarilishini ta’minlash usullari, qaytarish muddati ko‘rsatilishi shart. Basharti shartnomada qarzning qaytarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qarzdor zimmasidagi majburiyatni to‘lov talab qilingan sanadan e’tiboran ado etish kerak. Ushbu muhlatga amal qilinmaydigan holatlarda O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga ko‘ra notarius qarzdorga qarz summasini qaytarib berish to‘g‘risidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonunning 76-80-moddalari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ijro xatini yozadi.

Qonunda shartnoma bo‘yicha qarz beruvchi foiz olishga haqli ekanligi ham belgilab qo‘yilgan. Foizlar hajmi mahalliy bank muassasasining xulosasi va qonun talabiga muvofiq aniqlanadi. Masalan, amaldagi holatlarga ko‘ra yillik ustama qarz umumiy qiymatining 25-30 foiz hajmida belgilanib, qarz shartnomasida o‘z aksini topishi kerak yoki ustamalar ko‘zda tutilmagan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Agar bu holat nizoga sabab bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 324-moddasiga murojaat qilish lozim. Unga ko‘ra da’vogar axborot hisoblash Markazining iste’mol mollari va xizmat ko‘rsatish haqlarining o‘sish darajasi haqidagi ma’lumotnomasi asosida pulning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rgan zararni sud orqali qoplashga haqlidir.
Farhod RO‘ZIMOV,
Toshkent shahar Sirg‘ali tumani
8-son davlat notarial idorasi notariusi yordamchisi.

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz shartnomasi qanday tuziladi?