date
views 10 812

Muhim xabar! Pasport tizimi va "propiska" masalalari bo‘yicha ​yangilik​lar

Муҳим хабар! Паспорт тизими ва "прописка" масалалари бўйича ​янгилик​лар
2018 yilgi davlat dasturiga asosan, O‘zbekistonda pasport tizimi va propiska masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan muhim qarorlar loyihalari tayyorlandi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Xususan, loyihalarda:

— pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlarni bartaraf qilish;

— doimiy yoki vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmagan) fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog‘liq amaliyotga barham berish;

— voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmagani uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish;

— mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligini bekor qilish;

— mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish;

— Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha amaldagi talablarni soddalashtirish;

— Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilish;

— ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddatini uzaytirish;

— vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhim xabar! Pasport tizimi va "propiska" masalalari bo‘yicha ​yangilik​lar