Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida O‘zbekiston fuqarosining Toshkent va Toshkent viloyatida bo‘lib turish muddatini uzaytirish taklif qilingan Prezident qarori loyihasini taqdim etdi.
Loyihada yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan bo‘lish muddatini 10 kunga uzaytirish (hozirda — 5 kun) taklif qilinmoqda.
Mos ravishda doimiy yashash joyi bo‘yicha propiskadan chiqmasdan yashash joyi bo‘yicha hisobga turish muddatini 10 kundan 1 yilgacha oshirish (hozirda — 5 kundan 6 oygacha) rejalashtirilmoqda (ta’lim olish uchun kelgan fuqarolar uchun — o‘qish muddati davomiga).
Hisobga turish muddati fuqaroning Toshkentga yoki Toshkent viloyatiga kelish vaqti temir yo‘l chiptasi yoki aviachipta asosida hisoblanadi. Ushbu chiptalar yo‘q bo‘lganda esa fuqaro vaqtincha yashash joyi bo‘yicha profilaktika inspektoriga murojaat qilib, pasport nusxasiga yetib kelgan muddat ko‘rsatilgan qaydni kiritib qo‘yishi lozim.
16 yoshga to‘lmagan shaxsni hisobga qo‘yishda javobgarlik ijaraga olingan turar joyda u bilan birga yashayotgan voyaga yetgan shaxsga yuklanishi taklif qilinmoqda. Hozirda bu javobgarlik yashash joyi taqdim etgan turar joy egasiga yuklangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...