
13 fevral kuni O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Murodjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. U bu lavozimda o‘z vaqtida Prezident xavfsizlik xizmatiga boshchilik qilgan, sobiq MXX mulozimi Muidjon Tohiriy o‘rnini egalladi. Murodjon Azimov so‘nggi bir yilda martabali lavozimni egallagan birinchi sobiq prokuror emas.
31 yanvar kuni 3 yildan beri O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lib ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda xizmatning 23 yillik rahbari — Rustam Inoyatovni almashtirdi.

Ixtiyor Abdullayev.
2017 yil 4 sentyabrda Xorazm viloyatiga hokimlik qilib kelayotgan Po‘lat Bobojonov Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bobojonov viloyat hokimi bo‘lishdan oldin Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori lavozimida ishlagan.

Po‘lat Bobojonov.
Shuningdek, 2017 yil davomida Prezidentning Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonalariga sobiq prokurorlar rahbar etib tayinlangani xabar qilingandi. Bir nechta tumanlarga ham sobiq prokurorlar hokim bo‘ldi. Bunga misol tariqasida Toshkent viloyatidagi Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarini keltirish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar