10 219
Farg‘onada 5 yashar qizaloqning o‘limida gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi (video)
Farg‘ona viloyatida 5 yashar qizaloqni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda 15 fevral kuni «Yoshlar» telekanalining «Davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Oltiariq tumani IIB katta tergovchisi Usmonali Mamarizayevning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani Qumtepa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdurahimov oltiariqlik 5 yashar qizaloqning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishida gumonlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb etilgan.
Gumonlanuvchi Abdurahimov bilan bog‘liq tergov harakatlarida u haqiqatan ham 2018 yil 5 fevral kuni voyaga yetmagan Kibriyo G‘afforaliyevani uning bog‘chasi oldidan velosipedga mindirgan holda olib ketganligini, uni shirinliklar olib beraman deb aldab, temiryo‘l kesishmasi oldiga olib borib, qarovsiz holda tashlab ketganligini tan oldi, uning harakatlari tegishli dalillar bilan o‘z isbotini topdi.
Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi Abdurahimov bilan bog‘liq tergov harakatlari davom etmoqda.
Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi Abdurahimov bilan bog‘liq tergov harakatlari davom etmoqda.
Usmonali Mamarizayev, Oltiariq tumani IIB katta tergovchisi
«Davr» informatsion dasturida qo‘shimcha qilinishicha, gumonlanuvchi 14 fevral kuni qo‘lga olingan. «Norasida go‘dakning o‘limida gumon qilinayotgan gumonlanuvchi Abdurahimovning mazkur jinoyatga daxldorligi, uning maqsadiga tergov-surishtiruv jarayonida aniqlik kiritiladi», — deyiladi lavhada. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin