O‘zbekistondagi keng qamrovli jadal islohotlar xalqaro hamjamiyatda yuqori baholanmoqda, katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, Turkiya jamoatchiligi, siyosiy-diplomatik, ishbilarmon va akademik doiralari vakillari O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlarni, yangilanish va izchil tarraqqiyot jarayonlarini yaqindan kuzatib, o‘rganib bormoqdalar.
Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida, jumladan TRT davlat teleradiokompaniyasi, Anadolu milliy axborot agentligi, gazeta va jurnallarida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uning doirasida amala oshirilayotgan “2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, “2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturlari ijrosini yoritib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Jahon” axborot agentligining xabarlarida Turkiyaning parlamenti a’zolari, xususan, O‘zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Haydar Ali Yildiz, tahliliy markazlari, jumladan “Marmara grup” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi, “AnkaSAM”, “Saxipkiran” kabi tahlilchi tashkilotlarning yurtimizdagi tub o‘zgarishlarga bergan yuqori baholari chop etilgandi. Qolaversa, agentlik O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ismi Turkiyada taniqli bo‘lgan “Derin ekonomi” jurnali tomonidan tayyorlangan “2018 yilda dunyo e’tiborini tortadigan 10 kishi” reytingiga qo‘shilgani haqida ham xabar bergandi.
Shu kunlarda Turkiyaning TRT davlat teleradiokompaniyasida O‘zbekistondagi jarayonlarga doir yana bir kuzatuvchining fikrlari e’lon qilindi. Unda Otaturk universitetining Xalqaro munosabatlar fakulteti katta ilmiy xodimi, siyosatshunos Jemil Dogach Ipek Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganidan buyon amalga oshirib kelayotgan siyosatini tahlil qilar ekan, “ushbu yetakchi juda qisqa vaqtda nafaqat o‘z mamlakatini, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasini va xalqaro vaziyatni yaxshi bilgan tajribali davlat arbobi ekanini ko‘rsata oldi”, - deb e’tirof etdi.
Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda hayotning deyarli barcha jabhalarida chuqur islohotlar shiddat bilan boshlab yuborilganini ta’kidlagan olim, jumladan, mamlakatimizda yuz berayotgan liberallashuv jarayonlariga alohida e’tibor qaratdi. O‘tgan 2017 yilning o‘zida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan 40 dan ortiq chora-tadbirlar qabul qilindi, deydi Otaturk universiteti vakili.
Tahlilchi o‘zbek milliy valyutasining xorijiy valyutalarga nisbatan qiymati bozor mexanizmlari asosida belgilana boshlagani, paxta terimida bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmayotgani, ommaviy axborot vositalariga keng erkinlik berilgani, qator mamlakatlar, shu jumladan, Turkiya fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish rejimi joriy qilinganini Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan muhim tarixiy qadamlar sifatida sanab o‘tdi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi tub o‘zgarishlar qatorida Jemil Dogach Ipek diyorimizning xalqaro hamkorlikka keng ochilgani, jahon hamjamiyati kun tartibida turgan masalalar yechimiga qaratilgan dolzarb tashabbuslar ilgari surgani, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi turg‘un va tang holatni bartaraf etib, butkul yangi – hamkorlik munosabatlari qaror toptirganiga aloxida urg‘u berdi.
Shu o‘rinda turkiyalik mutaxassis o‘tgan yili Samarqand shahrida bo‘lgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya hamda uning ijobiy natijalari haqida ham alohida to‘xtaldi. Siyosatshunos ushbu tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olg‘a surilgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat rahbarlari muntazam maslahatlashuv uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga yuqori baho berdi.
Manba: “Jahon” AA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi