
Prezident Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.
Endilikda bu ro‘yxatga kartoshka, shu jumladan muzlatilgani ham kiritildi, deya xabar berildi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 16 yanvardagi Farmonga asosan tirik yirik qoramol, tirik qo‘y va echkilar, yirik qoramol go‘shti, qo‘y yoki echki go‘shti, soya loviyasi, kungaboqar urug‘i, kunjut urug‘i, shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar