08:03 / 22.02.2018
6 460

Tanasidan 16 igna topilgan Azizbekning ahvoli kundan-kunga yaxshilanmoqda (video)

Tanasidan 16 igna topilgan Azizbekning ahvoli kundan-kunga yaxshilanmoqda (video)
Tanasidan 16 ta igna topilgan farg‘onalik bir yashar Azizbek Abdumajidovning ahvoli kundan-kunga yaxshilanmoqda, biroq uning holatini qoniqarli deb aytishga hali erta. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning “Axborot 24” dasturiga intervyu bergan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar jarrohlik bo‘limi mudiri, professor Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

Tanasida ignalar borligi aniqlangan chaqaloq 15 yanvar kuni Toshkentga olib kelingan edi. 17-kuni u operatsiya qilindi, operatsiya 9 soat davom etdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, shunga qaramay, keyinchalik chaqaloq vafot etgani haqida xabarlar tarqalib ketdi. Bu mish-mishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etildi.

“Axborot 24”ning 20 fevral sonida bir yashar chaqaloq haqida lavha ko‘rsatildi. Unda Azizbekning ahvoli nisbatan yaxshi ekani bildirildi.

Bolaning ahvolida kundan-kunga yaxshi tomonga o‘zgarish bor. Albatta, uning ahvolini qoniqarli deb aytishimizga hali erta — ahvoli hali ham og‘ir. Lekin markazga olib kelingan vaqtdagi, operatsiya kunidagi holati bilan solishtirganda, hozir ancha tuzuk. Barcha qon tahlillarining raqamlari normallashgan, bola o‘zi ovqatlanishni boshladi.


Habibulla Oqilov, tibbiyot fanlari doktori, professor


Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan ushbu hodisa bo‘yicha haqiqatni aniqlash hamda qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida 24 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ma’lum qilishlaricha, Azizbek Abdumajidovning tanasiga ignalarning tushishi sabablarini aniqlash maqsadida qator ekspertizalar tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanasidan 16 igna topilgan Azizbekning ahvoli kundan-kunga yaxshilanmoqda (video)