Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus farmon bilan O‘zbekiston Bosh prokurorining yangi o‘rinbosarlarini tayinladi. Bu haqda idoraning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 21 fevraldagi farmonlariga asosan Erkaboy Aminovich Tojiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov esa Bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlandi.
Erkaboy Tojiyev — O‘zbekiston Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari | Foto: “Prokuratura.uz”
Adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017 yilning 14 noyabrida Bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Adliya maslahatchisi Saidlaziz Saidkarimov haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Bungacha u qaysi vazifalarda faoliyat yuritgani aniq emas. Bosh prokuraturaning rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, u O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. O‘sha paytda u Bosh prokuraturaning tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi