23:15 / 28.02.2018
5 470

Avtomobil yoqilg‘isini 50 % ga tejaydigan qurilma O‘zbekistonda qachon sotuvga chiqariladi?

Avtomobil yoqilg‘isini 50 % ga tejaydigan qurilma O‘zbekistonda qachon sotuvga chiqariladi?
Malayziyaning “Amiran” texnologik kompaniyasi ishlab chiqargan gazgenerator qurilmasi avtomobilga o‘rnatilgandan so‘ng yoqilg‘i sarfi 50 foizgacha tejalishi, o‘z-o‘zidan bosib o‘tiladigan masofa ham 50 foizgacha uzayishi haqida xabar bergan edik.

“O‘zA” nashrining yozishicha, avtomobillarga quyilgan benzin yoqilg‘isining 60 foizigina ishlatilar ekan xolos, qariyb 40 foizi chiqit sifatida havoga sarf bo‘ladi. Mazkur yangi gazgenerator qurilmasi yordamida esa avtomobilga quyilgan benzin to‘liq ishlatiladi.

Gazgenerator qurilmasidan foydalanish uchun ko‘pchilik tashkilotlar taklif bilan chiqqan. Ayni paytda sinov tariqasida ishlatib ko‘rish haqidagi takliflar o‘rganilmoqda.

Qachon sotuvga chiqariladi, narxi qancha degan savollarga aniqlik kiritar ekan, nashr yaqin 10-15 kun ichida mazkur qurilma sinov tariqasida sotuvga chiqarilishini ma’lum qilgan. Narxi esa barcha harajatlar to‘liq hisob kitob qilingach, yaqin bir hafta ichida aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Amiran” texnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gazgenerator qurilmasi barcha turdagi transport vositalari uchun mo‘ljallangani eslatib o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil yoqilg‘isini 50 % ga tejaydigan qurilma O‘zbekistonda qachon sotuvga chiqariladi?