15:24 / 02.03.2018
5 420

Chinozlik Ahmad “boyvachcha” yana tergov qilinmoqda!

Чинозлик Аҳмад "бойвачча" яна тергов қилинмоқда!
Ko‘pchilikni o‘zining firiblariga ishontirish natijasida katta boylik orttirgan Ahmadboy yana yangi qamoq muddatiga egalik qiladi…

Chinozlik “tadbirkor”, moliyaviy piramida asoschisi Ahmad Tursunboyev (Ahmadboy) yaqin kelajakda ikkinchi marotaba sudlanib, yangi qamoq muddatiga egalik qilishi kutiladi. Buning uchun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida bir guruh tergovchilarni o‘ziga birlashtirgan shtab tuzilgan. Ular orasida Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi tergovchilari ham bor. Shtab a’zolari shu kunga qadar Ahmadboyga aldanib, moliyaviy yo‘qotishlarga yuz tutgan, ammo tergov jarayonida bu haqda hech kimga shikoyat qilmagan, sud majlisida ishtirok etmagan fuqarolarni so‘roq qilishmoqda. Ulardan yangi haqiqatlarni aniqlash niyatida ish olib borishmoqda. Agar shu paytgacha hisobga kiritilmagan jabrdiydalar sonini hisoblaydigan bo‘lsak, ular bir yarim ming kishidan ziyodni tashkil etarkan. Tergov, surishtiruv jarayoni tamom bo‘lgach, ikkinchi marotaba sud bo‘lib o‘tadi va firibgar yangi qamoq muddatini oladi. Jabrdiydalarga esa yo‘qotilgan mablag‘lar qaytarilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkent shahar jinoyat sudi Ahmadboyga nisbatan adolatli hukm e’lon qildi. U 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy rejimli koloniyada o‘taydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, u eng kam ish haqining 400 barobari miqdoridagi jarimaga tortildi. Qarangki, O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan amnistiya Ahmadboyga ham foyda berib qoldi va unga nisbatan e’lon qilingan qamoq muddati chorakka qadar qisqartirildi. Bu ham yetmagandek, firibgarning advokati Malika Mazbudova qolgan muddatni appelyatsiya sudiga shikoyat arizasi yo‘llash orqali yo‘q qilishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumki, Ahmadboy 2016 yili qo‘lga olingan. U aholidan pul qarz olib, evaziga ikki barobar ko‘p foizi bilan qaytarishga va’dalar berib, ko‘pchilikni chuv tushirgan. Xuddi shu firib oqibatida minglab odamlar moddiy va ma’naviy zararga yuz tutdi. Jinoyatchi esa yonidagi hamtovoqlari bilan to‘plangan pullarga saroylardek qo‘sha-qo‘sha uylar qurgan, qator-qator mashinalar sotib olgan. Ahmadboy qo‘lidagi pullarning bir qismini xorijga berkitishni ham unutmagan. Xuddi shu firib harakatlari qariyb 5 yil davom etgan. Tintuv jarayonida Ahmad Tursunboyevning uyida millionlab dollar pullar borligi aniqlandi. Lekin bu pullar dengizdan tomchi, xolos.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chinozlik Ahmad “boyvachcha” yana tergov qilinmoqda!