17:12 / 02.03.2018
9 190

Gulnora Karimovani hibslatgan prokurorning o‘zi qora kursida

Gulnora Karimovani hibslatgan prokurorning o‘zi qora kursida
Ko‘pchilik Mira’lam Mirzayevni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga ochilgan jinoiy ish ortidan taniydi.

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta sobiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, u hibsga olingan edi. Shundan keyin prokuratura tizimidagi “tozalash” ishlari yanada jadallashdi.

Norasmiy xabarlarga qaraganda, Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Mira’lam Mirzayev ham qo‘lga olingan. “Qalampir.uz” O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati bilan bog‘landi. Biroq rasmiylar bu xabarni ham tasdiqlagani yo‘q, hozircha.

Mira’lam Mirzayev 2017 yilning 9 fevral kuni rasman egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Ko‘pchilik Mira’lam Mirzayevni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga ochilgan jinoiy ish ortidan yaxshi taniydi. Ma’lumotlarga qaraganda, aynan Mirzayev Gulnora Karimovani hibslash haqidagi hujjatga imzo chekkan.

2013 yil Fond forum va unga aloqador boshqa shirkatlar ustiga qora bulutlar yopirilishi boshlagan davrda Gulnora Karimova ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘ziga qarshi chiqayotgan rasmiylar nomini tilga olib, Mir’alam Mirzayevga alohida to‘xtalgani ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Toshkent viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Sunnatov o‘z uyidan kishanlangan holda olib ketilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovani hibslatgan prokurorning o‘zi qora kursida